
Muxlislar premer-liganing eng yaxshi futbolchisini aniqlashdi
Muxlislar talqiniga bo‘yicha Angliya premer-ligasining 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni "Liverpul" forvardi Muhammad Saloh egalladi. Kuchli uchlikdan "Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilish va "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford joy oldi.
Quyida to‘liq ro‘yxat bilan tanishib olishingiz mumkin:
1. Muhammad Saloh ("Liverpul")
2. Jek Grilish ("Aston Villa")
3. Markus Reshford ("Manchester Yunayted")
4. Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti")
5. Jordan Xenderson ("Liverpul")
6. Sadio Mane ("Liverpul")
7. Virjil van Deyk ("Liverpul")
8. Son Xin Min ("Tottenxem")
9. Djeymi Vardi ("Lester")
10. Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul")
11. Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted")
12. Xarri Keyn ("Tottenxem")
13. Denni Ingz ("Sautgempton")
14. Per-Emerik Obameyang ("Arsenal")
15. Raxim Sterling ("Manchester Siti")
Fikrlar