
Muzetti katta turnirning navbatdagi bosqichiga yo‘l oldi
Jahon reytingida 7-o‘rinni egallagan Lorenso Muzetti "Rolan Garros" turnirining 4-bosqichiga chiqdi.
Italiyalik tennischi reytingda 97-o‘rinda turgan Mariano Navone ustidan 4:6, 6:4, 6:3, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi. U "Rolan Garros"da top-5 tarkibiga kirmaydigan raqiblarga qarshi o‘yinlarda 11:0 hisobida etakchilik qilmoqda.
Muzetti faoliyati davomida uchinchi marta ushbu turnirning to‘rtinchi bosqichida ishtirok etadi.
Keyingi bosqichda italiyalik sportchi Xolger Rune yoki Kventen Alis bilan bellashadi.
Farhodova Maftuna
Fikrlar