MYu afsonasi Onananing yonini oldi

  • 27 aprel, 14:23
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" afsonasi Edvin van der Sar "qizil iblislar"ning hozirgi darvozaboni Andre Onanaga qo‘llab-quvvatladi.

Tecno

So‘nggi o‘yinlardagi bir qator xatolar va uni sotib yuborish haqida gap-so‘zlar bo‘lishiga qaramay, Van der Sar kamerunlik darvozabonga ishonch bildirmoqda.

"Andre "Ayaks"da 4 yoki 5 yil o‘ynadi va "Barselona"dan yosh iste’dod sifatida kelib, ajoyib natijalar qayd etdi. U "Inter"ga o‘tishga loyiq edi, Chempionlar Ligasi finalida o‘ynadi, so‘ng MYuga ko‘chib o‘tdi. Yangi liga va uslubga moslashish oson emas.

Men uning qobilyatlarini yaxshi bilaman — u bilan birga shug‘ullanganman, uni kuzatganman. U psixologik jihatdan kuchli. Unga vaqt beringlar, ishonchim komilki, keyingi mavsum "Manchester Yunayted" eng yuqori darajadagi darvozabonga ega bo‘ladi", — dedi Edvin van der Sar.

Joriy mavsumda Onana barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 61 ta gol o‘tkazib yuborgan. Shuningdek, u 10 ta o‘yinni darvozasi daxlsiz saqlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!