MYU ashaddiy raqibidan hujumchi sotib olmoqchi

  • 16.07.2026 14:41
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Arsenal» hujumchisi Gabriel Martinelli yozda jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, London klubi ushbu yozgi transfer oynasida braziliyalik futbolchini sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Unga jiddiy da’vogarlaridan biri sifatida «Manchester Yunayted» tilga olinmoqda. Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» yaqin vaqt ichida Martinellini transfer qilish bo‘yicha rasmiy taklif yo‘llashi mumkin.

Gabriel Martinelli 2019 yilda «Itumano» klubidan «Arsenal» safiga yetti million yevro evaziga kelib qo‘shilgan. Uning London jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yildgi mavsumda braziliyalik hujumchi «kanonirlar» tarkibida barcha musobaqalar hisobida 53 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli pas muallifiga aylandi. Transfermarkt portali Martinellining transfer qiymatini 45 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!