MYu "bomba" transferni qachon e’lon qiladi?

  • 9 avgust, 13:12
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bugun, 9 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan "Fiorentina"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini oldidan hujumchi Binyamin Sheshkoni muxlislariga tanishtiradi. Bu haqda Britaniyaning Mirror nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Sloveniya terma jamoasi forvardi allaqachon "qizil iblislar" safida tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Ta’kidlanishicha, ingliz grandi 22 yoshli futbolchining transferi uchun "RB Leyptsig"ga 74 mln funt (85,8 mln evro) to‘laydi.

O‘tgan mavsumda Sheshko barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 70 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!