MYu darvozaboni ham Turkiyaga yo‘l olishga yaqin

  • 06.09.2025 19:33
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" darvozaboni Andre Onana faoliyatini Turkiya klubida davom ettirishi mumkin.

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Trabzonspor" APL klubi bilan futbolchini ijaraga olish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Ta’kidlanishicha, transfer bo‘yicha yakuniy qarorni darvozabonning o‘zi qabul qiladi.

Andre "Manchester Yunayted" bilan 2028 yilgacha shartnoma tuzgan. Darvozabonning transfer qiymati 25 million evro deb baholanmoqda. APL 2024/25 yilgi mavsumida kamerunlik darvozabon 34 ta o‘yin o‘tkazib, 44 ta gol o‘tkazib yuborgan. To‘qqizta uchrashuvda Onana darvoza daxlsizligini saqlab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!