MYu katta transferga ulgurib qolmoqchi

  • 5 oktabr, 2020, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun tunda Evropada transfer bozori yopiladi. Ungacha “Manchester Yunayted” o‘ng qanot hujumini kuchaytiradigan futbolchini transfer qilishga bel bog‘lagan.

Tecno

“Borussiya” etakchisi Jeydon Sancho va “Barselona” futbolchisi Usmon Dembeleni qo‘lga kirita olmagan manchesterliklar endi “Bavariya” vakili  Kingsli Koman variantiga qaytdi.

Bundan tashqari, Sulsher boshqa klublardan taklif olgan yarim himoyachi Deniel Jeyms va himoyachi Brendon  Uilyamsning ham ketishiga ruxsat bermaydigan bo‘ldi.

Umuman olganda esa, “Manchester Yunayted”ning bu galgi transfer siyosati o‘zini oqlamadi. Chempionlik uchun kurashishi kutilgan jamoaning o‘yin sifatida tushib ketgan va chempionatning avvalidayoq ikki marta mag‘lub bo‘ldi. Ayniqsa, manchesterliklarning o‘z maydonida “Tottenxem”ga 1:6 hisobida engilgani jamoa muxlislariga juda og‘ir botdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!