MYu Onanaga o‘rinbosar topdi

  • 23 mart, 19:27
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Darvozabon Andre Onana "Manchester Yunayted"ni tark etib, faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. Bu haqda "The Sun" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" 28 yoshli kamerunlik posboni Saudiya Arabistoni klublariga sotishga tayyor. Onananing o‘rniga MYu rahbariyati Frantsiyaning "Lill" klubi darvozaboni Lukas Shevaleni olib kelishni rejalashtirmoqda. Uning transfer narxi 47 million evroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda Onana 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Uning shartnoma 2028 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi, hozirgi bozor qiymati esa 32 million evro etib belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!