MYu: Pogbaning o‘rnini faqat uch futbolchi bosa oladi!

  • 07.05.2021 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

“Manchester Yunayted” yozgi transferlar vaqtida tarkibi kuchaytiradi. Sulsher birinchi navbatda ko‘p gol ura oladigan hujumchi olishni istayapti. Biroq, yangi hujumchi faqatgina Pol Pogba jamoada qoladigan bo‘lsa xarid qilinadi.

Agar frantsiyalik yulduz manchesterliklar safini tark etsa uning o‘rniga yarim himoyachi olinadi.

“Manchester Yunayted” Pogbaning o‘rnini bosishga qodir futbolchilar ro‘yxatini tuzib qo‘ydi. Unga ko‘ra, yozda “Lester” vakili Uilfrid  Ndidi, “Barselona” pleymeykeri Miralem Pyanich va “Milan”da porlayotgan Ismoil Bennaser manchesterliklardan taklif  olishi mumkin.

Mutaxassislar bu futbolchilar orasida jazoirlik Ismoil Bennaserning transferi amalga oshishining ehtimoli katta, demoqda. Chunki 23 yoshli o‘yinchining narxi Pyanich va Ndidinikidan ancha arzon, o‘yin sifati esa umuman qolishmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdushukurov O
07/05/2021 14:41
30 tasi bosa olmaydimi mobodo ?