MYU va “Chelsi” Bundesliga vingeri uchun asosiy da’vogar bo‘lib turishibdi

  • 14.03.2026 19:30
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari "Kёln" klubi qanot hujumchisi Said El-Malaga asosiy daʼvogarlardan hisoblanadi. Bu haqida Caught Offside xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, "Kёln" 19 yoshli vingerning kelajagiga real baho bermoqda va uning transferi boʻyicha 50-60 mln evrolik takliflarni qabul qilishga tayyor.

Joriy mavsumda El-Mala barcha musobaqalarda 27 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar moʻljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, futbolchining bozor narxi 40 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!