MYu yana bir transfer ustida ishlamoqda

  • 1 avgust, 2024, 15:54
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Adrien Rabo “Yuventus”ni erkin agent sifatida tark etgach, faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

29 yoshli futbolchini “Manchester Yunayted” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.  Ma’lumotlarga ko‘ra, “Qizil iblislar”ning vakili Rabo bilan muzokaralarga kirishgan.

Adrien 2019 yildan 2024 yilgacha “keksa seniora” safida to‘p tepgan. Yakunlangan mavsumda frantsuz Italiya chempinatida 31 ta uchrashuvda  5 ta gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!