“MYu”ga yangi murabbiyni Ronalduning agenti tanlaydimi?

  • 22 noyabr, 2021, 21:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronalduning agenti Jorde Mendesh “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligiga Xulen Lopetegining nomzodini ilgari surmoqda.

Tecno

55 yoshli mutaxassis ayni paytda “Sevilya”da faoliyat ko‘rsatmoqda. Aytish joizki, ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida “Sevilya” futbolchilari ancha ishonchli o‘yin namoyish qilyapti.

Manchesterliklar Zinedin Zidanga ham taklif bilan chiqqan edi. Biroq, frantsiyalik mutaxassis ingliz tilini bilmasligi va oilasi Angliyaga ko‘chib o‘tishga tayyor emasligi bois, ularning chorlovini qabul qilmadi.

“Manchester Yunayted” mavsum oxirigacha vaqtinchalik ishlaydigan murabbiy olib, yozda PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochchetinoni olib kelmoqchi. Argentinalik mutaxassisning o‘zi ham Angliyaga qaytishga qiziqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!