Myuller – so‘nggi 7 yilning eng zo‘r assistenti!

  • 11 oktabr, 23:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirda MLSning "Vankuver Uaytkeps" klubida to‘p surayotgan germaniyalik futbolchi Tomas Myuller Evropaning beshta etakchi ligasida so‘nggi etti yil davomida eng ko‘p golli uzatma bergan o‘yinchilar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.

Tecno

Myuller o‘zining deyarli butun faoliyatini "Bavariya"da o‘tkazgan va bu muddat ichida 246 o‘yinda jamoadoshlariga 101 ta golli pas uzatgan.

Ikkinchi o‘rinni "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne egalladi — u 230 o‘yinda 91 marta assistentlik qilgan. Uchinchi pog‘onada esa "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh joy oldi — 295 bahsda 88 golli uzatma.

Shuningdek, top-10 talikka quyidagi futbolchilar ham kirdi:
Lionel Messi (85 ta pas / 196 o‘yin),
Yozua Kimmix (70 / 251),
Leroy Sane (64 / 217),
Trent Aleksandr-Arnold (64 / 252),
Son Xyon Min (64 / 271),
Yulian Brandt (62 / 261)
va Antuan Grizmann (62 / 286).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!