MYuning maxsus rejasi bor ekan

  • 12 mart, 20:27
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim kelgusi mavsumga oid rejalar haqida fikr bildirdi.

- Bizda kelasi mavsum uchun aniq harakat rejasi mavjud. Hali ham Chempionlar ligasiga chiqish imkoniyatimiz bor. Bu esa keyingi mavsumga tayyorgarlikni o‘zgartirishi mumkin.

Maxsus rejamiz bor va nima qilishimiz kerakligini bilamiz. Qaysi futbolchilarni jalb qilish masalasida ham. Evropa Ligasi bizning strategiyamizni o‘zgartirishi mumkin, shu bois biz ertangi o‘yinga diqqatimizni qaratmoqdamiz, - dedi Amorim matbuot anjumanida.

Payshanba kuni "Manchester Yunayted" Evropa Ligasi 1/8 final javob uchrashuvida "Real Sosedad"ga qarshi maydonga tushadi. Agar Ruben Amorim jamoasi ushbu turnirda g‘alaba qozonsa, Chempionlar Ligasiga yo‘llanma oladi.

Premer-liga orqali "qizil iblislar"ning bu maqsadga erishishi imkonsiz. Sababi, ular turnir jadvalining 14-pog‘onasini egallab turibdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!