
MYuning short-listiga kimlar kiritildi?
Sky Sports nashri "Manchester Yunayted" yozda xarid qilishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yhatini e’lon qildi.
Ushbu ro‘yhatga ko‘ra, "qizil iblislar" bosh murabbiyi yozda "Borussiya Dortmund" yarim himoyachisi Jeydon Sancho va "Lester" pleymeykeri Jeyms Meddisonlar bilan tarkibini ko‘chaytirmoqchi.
Xabarlarga ko‘ra, bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsher "Manchester Yunayted" kelajakda unvon qo‘lga kiritishi uchun ushbu ikki futbolchilarning hissalari katta bo‘ladi deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, mankunianliklar "Aston Villa" futbolchisi Jek Grilish va "Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays xizmatlariga qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilinayotgan edi.
Fikrlar