MYuning sobiq sardori bankrot bo‘ldi

  • 21.04.2023 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi U’s Braun bankrot deb e’lon qilindi. Bu haqda Britaniya OAVlari, xususan Daily Mail xabar bermoqda.

Qish oxirida Britaniya daromad va bojxona boshqarmasi (HMRC) Braunni bankrot deb e’lon qilgan edi. Endilikda Oliy sud ham sobiq futbolchini bankrot deb topdi.

Braun "Manchester Yunayted" safida 1996-2011 yillarda to‘p surgan va 362 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 5 ta gol urdi hamda 10 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Braun “qizil iblislar” tarkibida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi, jumladan, ettita Premer-liga chempionligi va ikkita Chempionlar ligasi bosh sovrini.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!