MYuning yangi yulduzi Abdulhaqning raqamini tanladi

  • 2 sentabr, 2020, 20:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bilan besh yillik shartnomaga imzo chekkan Donni van de Bek yangi mavsumda 34-raqamda to‘p suradigan bo‘ldi.

Tecno

23 yoshli futbolchi bu raqamni sobiq jamoadoshi Abdulhaq Nuri hurmatiga tanladi. “Ayaks”da 34-raqamda o‘ynagan Nuri 2017 yilning iyulida “Verder”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida hushini yo‘qotib, komaga tushib qolgan edi.

Shifokorlar futbolchining miyasi zararlangani va u hech qachon yura olmasligi, birovni tanimasligi, nutqi yo‘qolgani va hatto o‘zi mustaqil ovqatlana olmasligini ta’kidlagan edi. Biroq, ikki yildan so‘ng, Nuri komadan chiqib, ko‘zini ochdi va oila a’zolari bilan qisman muloqot qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!