
Nahotki! Kurtua finalda jarohat bilan o‘ynagan
"Real" posboni Tibo Kurtua chempionlar ligasi finalida jarohat bilan o‘ynagani ma’lum bo‘ldi. U Millatlar ligasi musobaqasida Belgiya terma jamoasiga yordam bera olmaydi.
"Marca" nashriga ko‘ra, belgiyalik finalga 100% tayyor bo‘lmagan. U bir necha kun jarohatdan aziyat chekkan.
Shunga qaramay, Tibo ayni payt terma jamoa qaydnomasidan o‘rin olgan. Shifokorlarning xulosasiga ko‘ra, uning Millatlar ligasida ishtirok etish yoki etmasligi hal bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kurtua "Liverpul"ga qarshi kechgan final o‘yinida 9 ta seyv ijro etdi. Shu orqali posbon jamoasining ajoyib g‘alabasiga ulkan hissa qo‘shdi.
Fikrlar