Nainggolanning qaysi jamoaga o‘tishi ma’lum bo‘ldi

  • 02.08.2019 08:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Raja Nainggolan jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli belgiyalik futbolchi "Kalyari" safiga ko‘chib o‘tadi. Buni jamoa prezidenti Tommazo Julini ham tasdiqladi.

Ma’lumot uchun, Nainggolanning “neradzurrilar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Uning transfer narxi esa 28 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!