
"Napoli" bosh murabbiyi o‘z lavozimidan ozod qilinishi mumkin
Mavsumni ko‘taringki kayfiyatda boshlay olmagan "Napoli"da o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. Insayder Di Martsio rahbariyat bosh murabbiy Rudi Garsiyani o‘z lavozimidan ozod qilish haqda o‘ylayotganini ma’lum qildi.
Agarda natijalar qoniqarli tomonga o‘zgarmasa, neapolliklar 59 yoshli mutaxassis bilan xayrlashadi. Klubga A Seriyaning so‘nggi turida "Fiorentina"dan qabul qilib olinga mag‘lubiyat alam qilmoqda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum "Napoli"ni boshqargan Luchano Spalletti o‘z hoxishi bilan jamoani tark etgandi. Yozda uning o‘rniga Rudi Garsiya kelgan.
Fikrlar