"Napoli" "Real" himoyachisini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi
"Napoli" transfer huquqi "Real"ga tegishli bo‘lgan Rafa Marinni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Fabritsio Romano xabar berishicha, klublar muzokaralar olib boryapti va tomonlar kelishuvga erishishga yaqin. Futbolichning o‘zi esa allaqachon taklifni qabul qilib bo‘ldi. Madridliklar bitimga uni qayta sotib olish shartini ham qo‘shishni istamoqda.
Marinning transferi "Napoli"ga 12 million evroga tushadi. Shuningdek, 22 yoshli ispan neapolliklar bilan 2029 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolaydi, deya ma’lum qildi Nikola Shkira.
Eslatib o‘tamiz, Rafa mavsumni "Alaves"da o‘tkazdi. U jamoasi tarkibida 35 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar