
“Napoli” Sulsherni xafa qildi
“Napoli” rahbarlari “Manchester Yunayted”ning senegallik himoyachi Kalidu Kulibali transferini so‘rab qilgan murojaatiga rad javobini berdi.
Manchesterliklar bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher bir necha mavsumdan beri tajribali himoyachini olishga harakat qilmoqda. Kulibalining o‘zi ham kuchini Angliya premer-ligasida sinab ko‘rishga tayyor.
O‘tgan yili klub xo‘jayini uni “Manchester Siti”ga qo‘yib yubormagan edi. O‘shanda neapolliklar 29 yoshli himoyachi uchun 110 million evro so‘ragan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Yunayted” italiyaliklarga 30 million evro atrofida mablag‘ taklif qilib, keskin rad javobini olgan. Kulibalining o‘zi ham klub uni qo‘yib yubormayotgani uchun noroziligini bildirgan.
Fikrlar