
"Napoli"ni chempion qilgan Spelletti: Kelajagimni muhokama qilish uchun hali vaqt bor, chunki...
Luchano Spalletti shartnoma uzaytirilishi haqida ogohlantirilgani uchun "Napoli"dan minnatdorligini aytdi.
Biroq neapolliklar bosh murabbiyi klub prezidenti Aurelio De Laurentisning unga bo‘lgan munosabatidan norozi.
“Hech qanday muammo yo‘q. Ularda [shartnomani uzaytirish] huquqi bor edi va ular buni faollashtirishdi. Meni bu haqda ogohlantirgani uchun ularga minnatdorchilik bildiraman.
Kelajagimni muhokama qilish uchun hali vaqt bor, chunki mavsum hali tugamagan”, - dedi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Spalletti boshqaruvidagi "Napoli" bu mavsum muddatidan avval A Seriya chempionligini qo‘lga kiritdi va Chempionlar ligasida chorak finalga qadar etib keldi.
Fikrlar