"Napoli"ni Italiano boshqarishi mumkin
Luchano Spalettining "Napoli"dan ketishi muqarrar ko‘rinadi. 64 yoshli mutaxassis yana o‘zini Italiya futbolidan tashqarida sinab ko‘rmoqchi.
ITASportPress axborot agentligi xabariga ko‘ra, Spalletti klub futbolchilariga mavsum oxirida "Napoli"ni tark etishini aytgan. Biroq klub rahbariyati Spalettining o‘rnini kim egallashiga hozircha aniqlik kiritmayapti.
Manbaga ko‘ra, eng ehtimoliy variant "Fiorentina"ning amaldagi murabbiyi Vinchentso Italiano bo‘lib, u jamoani joriy mavsumda ikkita finalga olib chiqdi (afsuski, “binafsharanglilar” ulardan birinchisi – Italiya kubogida mag‘lub bo‘lishdi).
Bundan avvalroq “Napoli” ispaniyalik mutaxassis Luis Enrike bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar