"Napoli"ning endi "aqli kirdi"
"Napoli" rahbariyati mavsumlar oralig‘ida jamoaning etakchi himoyachisi Kalidu Kulibali sotib yuborishga tayyor. Bu haqda La Repubblica nashri xabar tarqatmoqda.
29 yoshli senegallik futbolchi uchun "Bavariya" va "Manchester Siti" o‘zaro kurash olib borishi aytilmoqda. “Napoli” Kulibali borasida o‘tgan yoz ko‘plab klublardan super takliflar olgan va rad javobini bergan edi. Ammo endi yuzaga kelgan moliyaviy inqroz tufayli rahbariyat Kulibalini 50 million evroga sotishga tayyor.
Kalidu Kulibali joriy mavsum “Napoli” safida 31 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar