"Nasaf" futbolchilari o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi, Abdixoliqov va Limadan gol

  • 13 yanvar, 2023, 21:54
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbek klublari Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini davom ettirmoqda.

Tecno

Xususan, bugun "Nasaf" futbolchilari Qarshidagi yig‘in doirasida ikkiga bo‘lingan holda nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. O‘yinda dastlab “oqlar” safida to‘p tepgan Bobir Abdixoliqov hisobni ochdi. “Ko‘klar”dan esa Mateus Lima Kruz boshi bilan to‘pni darvozaga joylab, muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda Husniddin Aliqulov o‘n bir metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirib, “oqlar”ning g‘alabasini ta’minladi, 2:1.

Eslatib o‘tamiz, qarshiliklar 26 yanvargacha Qarshida mashg‘ulot olib boradi va 27 yanvar kuni Turkiyaga uchib ketadi.

“Nasaf” klubi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!