
"Nasaf" yangi futbolchi transferini e’lon qildi
O‘z o‘yini bilan o‘zbek futboli ixlosmandlari ko‘nglidan joy olgan 26 yoshli tajribali yarim himoyachi Javohir Sidiqov “Nasaf” a’zosiga aylandi.
O‘tgan mavsumda “Qo‘qon-1912” jamoasi tarkibida harakat qilgan futbolchi Superligada 21 uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasiga to‘rtta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Javohir "ajdarlar" bilan ijara asosida bir yillik shartnomaga imzo chekdi.
Fikrlar