«Nasaf» – AGMK. Prevyu

  • 20 oktabr, 2020, 00:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ajdarlar» Superliganing 20-turida Olmaliqning AGMK jamoasini qabul qiladi. Bu bellashuv turning markaziy uchrashuvi bo‘ladi deb bemalol aytish mumkin. Ushbu bahs 21 oktyabr kuni Qarshidagi «Markaziy» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv soat 18:00 da boshlanadi.

Tecno

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 27 bor kuch sinashishgan. Bo‘lib o‘tgan 13 uchrashuvda «ajdarlar», 5 o‘yinda esa «konchilar» zafar quchishgan. 9 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.

Coca Cola Superligasining 20-turida "Nasaf" o‘z maydonida asosiy raqibi hisoblangan AGMKni qabul qiladi Quyida ushbu uchrashuvdan oldin jamoalarning o‘zaro o‘yinlar tarixiga bir nazar solib o‘tamiz.

"Nasaf" va AGMKning o‘zaro o‘yinlarida to‘plar nisbati 42:25 ga teng. Ustunlik "ajdarlar" tarafida. O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: «Nasaf» – AGMK 4:0, AGMK – «Nasaf» 2:0.

Jamoalar so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2020 yili 02 iyul kuni Olmaliqda o‘tkazgan. Bu uchrashuvda «konchilar» 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgan.

Jamoalar ishtirokidagi so‘nggi besh uchrashuv natijalari:

02.07.2020 AGMK — "Nasaf" 2:1

30.09.2019 AGMK — "Nasaf" 2:1

26.04.2019 "Nasaf" — AGMK 4:0

25.11.2018 "Nasaf" — AGMK 2:2

19.10.2018 AGMK — "Nasaf" 0:2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!