"Navbahor" 27 muxlisini jazoladi

  • 15 sentabr, 2018, 21:57
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Unda Namangan viloyat futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Shamshod Ergashovich Sarikov, Namangan viloyat futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Bahrom Muhitdinovich Xolmirzaev, “Navbahor” PFK direktori v.b. Ilhomjon Qodirovich Mirzaboev, “Navbahor” PFK va “Markaziy” o‘yingoh xodimlari, “Navbahor” Muxlislar bilan ishlash bo‘limi etakchisi Farhod Umaraliev, shuningdek, “Navbahor” jamoasining ashaddiy ishqibozlari ishtirok etishdi.

Tecno

Mazkur yig‘ilishda Shamshod Ergashovich so‘zga chiqib, Pepsi Superliga
23-turi doirasidagi “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvida ajoyib muxlislik qilishgani, fantastik muhit yaratib berishgani uchun ishqibozlarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, uchrashuvning so‘nggi daqiqasida Igor Golban tomonidan urilgan golda muxlislarning ham munosib hissalari borligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, Shamshod Ergashovich o‘z so‘zida guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, muxlislar orasida ham madaniyatsiz, muxlislik etikasiga rioya qilmaydigan ishqibozlar ham borligiga to‘xtalib, kechagi o‘yinning videoyozuvini stadionda o‘rnatilgan kameralar orqali ko‘rib chiqib, tartibsizlikka yo‘l qo‘ygan 27 nafar muxlis shaxsini aniqlab, ularga nisbatan keskin choralar ko‘rilganligi, endi ushbu ishqibozlar “Navbahor”ning joriy mavsum yakunigacha bo‘lgan barcha bahslarida stadionga kiritilmaydigan bo‘lishganini ta’kidladi.

Shuningdek, mazkur yig‘ilishda “Navbahor” Muxlislar bilan ishlash bo‘limi etakchisi Farhod Umaraliev ham ogohlantirildi. Muxlislar yana shunday tartibsizlikka yo‘l qo‘yadigan bo‘lishsa, unga nisbatan ham qat’iy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Ushbu yig‘ilishdan kelib chiqib, “Navbahor” jamoasining Pepsi Superliganing birinchi bosqich uy uchrashuvlariga eng ko‘p muxlis tashrif buyurganligi uchun ularga PFLning maxsus sovg‘asi topshirilgani va muxlislar shunga yarasha ishonchni oqlashlari, muxlislik madaniyatini oshirishlari, mehmon jamoa vakillari hamda hakamlarga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatmasliklari, ularni hurmat qilishlari lozimligi ta’kidlandi va ushbu masala bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbosbek Parpiyev
16/09/2018 01:38
Paxtakor yutolmadi ! Yaxshiyam navbaxor yutib qoymadiya agar shunday bolganda tojikistonu qirgizistondan kelgan Navbaxor muxlislari xam jazolanarmidi deb oylab qolasan