"Navbahor" "BOMBA" transferni amalga oshirishi mumkin. Bu futbolchini namanganlik muxlislar anchadan beri kutadi

  • 12 dekabr, 2021, 16:47
  • 2
  • Futbol

Mavsum yakunlanganidan so‘ng klublar o‘z tarkiblariga yangi futbolchilarni qo‘shib olishni boshlab yubordi. 6 dekabrdan 26 fevralga qadar qishki transferlar oynasi ochiq bo‘ladi.

Ushbu muddat oralig‘ida "Navbahor" tarkibida katta o‘zgarishlar yuzaga kelishi mumkin. Bir necha kundan beri "lochinlar" qiziqayotgan futbolchilar haqida xabar bergandik.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "Navbahor" Odil Ahmedovni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Buning uchun terma jamoaning sobiq sardori Xitoydagi faoliyatiga oydinlik kiritib olishi kerak bo‘ladi. Shunda namanganliklar rahbariyati Ahmedov bilan muzokaraga kirishadi.

Eslatib o‘tamiz, Odil Ahmedov Xitoyning "Tsanchjou Mayti Layons" klubi sharafini himoya qilmoqda.

7871572722518

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
13/12/2021 11:33
Суперлигада бир нечта ислохотларни амалга ошириб чикиш керак. Бу узгаришларсиз Ахмедов катнашса, узбек футболи бирон бир ютук олмайди. Фахрий уйинчилар футбол ривожига хисса кушиши учун узгариш ва ислохотлар керак. Афсуски, рахбарлар бу узгаришлардан манфаатдор эмас!
Fanat Navbahor Fc
12/12/2021 17:44
Qaniydiyaa hech yoq 1 yil bosayam oynasa