"Navbahor" bugun boshlaydi!

  • 6 yanvar, 12:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navbahor" jamoasi bu yilgi ilk o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini bugundan boshlaydi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi.
“Lochinlar” bugun poytaxtda yig‘ilib, uch haftalik yig‘in o‘tkazishadi. Mashg‘ulotlar davomida asosiy e’tibor futbolchilarning jismoniy holatlarini tiklashga qaratiladi. Yig‘in davomida o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish rejalashtirilmagan.

Biroq, mashg‘ulotlarnig so‘nggi haftasida o‘yinchilarning jismoniy holatlaridan kelib chiqqan holda, sparring - raqib tanlab, nazorat-sinov bahsi o‘tkazilishi yoki futbolchilar ikkiga bo‘lingan holda, o‘zaro o‘yin o‘tkazishlari ham mumkin. Toshkentdagi mashg‘ulotlar yakunlangach, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini BAAda davom ettirish rejalashtirilgan.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Кутбиддинхон
06/01/2025 12:39
Навбахорга омад