
"Navbahor" klubi qiziqqan Igor Sergeev faoliyati borasida bir qarorga kelgan ko‘rinadi...
Xabaringiz bor, Igor Sergeevning "Tobol" bilan tuzgan shartnomasi o‘tgan yilning oxirida yakunlangandi. Hujumchimiz oldida bir nechta takliflar bor edi. Ayni payt hamyurtimiz faoliyati borasida bir qarorga kelgan ko‘rinadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosining Qozog‘iston klubi bilan shartnomasi tugagach "Navbahor" tomonidan qiziqish borligi va Rossiyaning "Ximki" jamoasi Sergeevni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi borasida avvalroq saytimiz orqali xabar bergandik.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Igor yangi mavsumni ham "Tobol"da boshlash niyatida va u hozir jamoasining Turkiyadagi yig‘inida ishtirok etmoqda.
Fikrlar