"Navbahor" murabbiyligiga nomzodi ko‘rilgan Samvel Babayan bugungi o‘yinni stadiondan kuzatadi. Bu nimani anglatadi? (Foto)

  • 22 aprel, 2021, 16:34
  • Bekzod Isayev
  • 6
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bir necha oy avval, "Navbahor" bosh murabbiylikka nomzodlarni ko‘rib chiqqandi. Murabbiylar orasida Samvel Babayan ham borligi to‘g‘risida ma’lumot bergandik.

Ammo yakunda, tomonlar ayrim sabablarga ko‘ra, muzokalarni to‘xtatgandi. Shundan so‘ng, No‘’mon Hasanov ishni davom ettirdi. Biroq birinchi turdagi mag‘lubiyatdan so‘ng, u lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga Viktor Jalilov olib kelindi.

Viktor Jalilovga ayni payt Samvel Babayan bilan doim birga ishlagan Grigoriy Kolosovskiy ko‘maklashmoqda. Endi esa...

Bugun "Navbahor"ning O‘zbekiston kubogi guruh bosqich birinchi turidan o‘rin olgan "Oq-tepa"ga qarshi bahsini Samvel Babayan bevosita stadiondan kuzatadi. Mutaxassis ayni payt "Markaziy" arenaga etib kelgan.

photo_2021-04-22_14-16-42

Bu nimani anglatadi?, degan savol ko‘pchilikda paydo bo‘lgani aniq. Taxminimizcha, Samvel Babayan va klub yana muzokaraga kirishgan bo‘lishi mumkin (Voqealar rivojidan ilgarilab ketgan bo‘lishimiz ham mumkin). Chunki "Navbahor" ijobiy natija qayd eta olmayapti.

Shuning uchun namanganliklar yana Samvel Babayan variantiga qaytgan bo‘lishi mumkin?! Har holda murabbiy Namanganga bugungi o‘yinni ko‘rish uchun kelmagandir. Boz ustiga Samvel Babayan “Navbahor” PFK prezidenti Otabek Samatov birga ko‘rinish berdi. 

Voqealar rivojini SPORTS.uz saytida kuzatishda davom eting.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
22/04/2021 23:07
Бабаян терма жамоани расво қилган, охирида Пахтакорни ҳам... энди навбат Навбахоргами.
Сенларни деб касал урди отамга,
Байрамларни айлантирдинг мотамга
Фанатларни тўғри тушун БАБАЯН...
Hamidullo Abdualiyev
22/04/2021 21:08
Чемпионатимизнинг энг яхши мураббийи бу Улугбек Бакоев шу мураббийни олиб келиб 3 йил муддатга берсин Навбахорни ундан кейин куринг суппер кулупга айлантиради.
Abbos Axmedov
22/04/2021 22:44
Биртарафдан фикрингиз тўғри иккинчи тарафдан Темур Кападзени олиб келиш керак деб ўйлайман уни ақилий гоялари пухта мукамал режалари хулас хозирги Навбахордаги шарт шароитларда Кападзе балким бирданига натижа кўрсатиб чемпион қилиб юбориши мумкун
Super star
22/04/2021 17:52
QANI EDI QOʻLIMDAN KELSA NAVBAHORGA FUTBOLCHILARNI HAMMASINI HAYDAVORARDIM BU OʻYINCHILAR BN 10 OʻRINDAN TEPAGA CHIQOLMAYDI SHUNCHA PUL UVOL BULARGA
Super star
22/04/2021 17:47
NAVBAHORGA MURABBIY KERAK EMAS NAVBAHORGA GOL URADIGON FUTBOLCHI KERAK BU QISHIQ OYOQLAR BN PEP GVARDIYOLAHAM HECH NARSA QILAOLMAYDI
TV TV
22/04/2021 17:07
Нимани англатарди. Навбахордаги набатдаги мураббий Самвел Бабаянда. Шуни хам иккаланиб гапириб утирасизларми. Жалиловни мияси утган асрда колиб кетган. Унинг фикру хаёли факат сокка килиш. Бабаян соккани хам килади яхши уйинчиларни хам уйнатади.