"Navbahor"ga "Ayntraxt"da ishlagan murabbiy keldi

  • 11 yanvar, 2023, 22:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antalya shahrida olib borayotgan "Navbahor" murabbiylar shtabida yangi mutaxassis ish boshladi. Bu serbiyalik jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Aleks Boshkovich.

Tecno

Boshkovich 1993 yilning 10 mayida Serbiya poytaxti Belgrad shahrida tug‘ilgan. Murabbiylik faoliyati davomida “Metalak” (Serbiya), “Nankin Siti” (Xitoy), “Al-Batin” (Saudiya Arabistoni), “Kazma SK” (Quvayt), “Vista” (Rossiya) va “Botev Plovdiv” (Bolgariya) klublarida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy bo‘lib ishlagan.

Bundan tashqari, Germaniyaning “Ayntraxt” klubida "Catapult" mutaxassisi sifatida faoliyat yuritgan.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!