
Navbatdagi o‘yin "Sevilya"ni mutlaq rekordchiga aylantiradi
"Sevilya" kecha UEFA Evropa ligasining 1/8 final javob bahsida "Roma"ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, ushbu g‘alaba andalusiyaliklar uchun mazkur musobaqadagi 39-g‘alaba sifatida qayd etildi. UEFA rasmiy saytining yozishicha, bu Evropa ligasidagi g‘alabalar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatgich hisoblanadi.
Bu rekord "Red Bull Zaltsburg"ga tegishli edi. Navbatdagi o‘yindagi g‘alaba esa ispan klubini mutlaq rekordchiga aylantiradi.
Fikrlar