Nazorat o‘yini. "So‘g‘diyona" "Qaysar" darvozasiga naqd 6 ta gol kiritdi

  • 17 fevral, 16:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasi Turkiyadagi yig‘ini doirasida Qozog‘istonning  "Kaysar" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Gollarga boy o‘tgan  uchrashuvda  jizzaxliklar 6:0 hisobda g‘alabaga erishdi.

Dastlab "bo‘rilar" vakili Lyupcho Doriev raqib darvozasi tomon zarba yo‘lladi. Ammo darvozabon bu to‘pni bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi. 38-daqiqaga kelib esa chap qanotdan uzatilgan to‘pni Suxrob Izzatov golga aylantirib, hisobni ochdi. Shu tariqa birinchi bo‘lim 1:0 natijasi bilan tugadi.

Ikkinchi bo‘limga kelib haqiqiy gollar yomg‘iri yuz berdi. Boisi 58-daqiqada Dorievning uzatmasini Sardorbek Hoshimov darvozaga joylab qo‘ydi. Ushbu goldan 2 daqiqa o‘tib Sahob Rashidov ham o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. 63- daqiqaga kelib Doriev raqib darvozaboni  bilan birga bir vaziyatga chiqib gol urishga erishgan bo‘lsa, 73 daqiqada Umidbek Sultonov uzatmasidan so‘ng Sahob Rashidov dublni rasmiylashtirdi. Uchrashuvning yakuniga yaqin Fazliddin Omomkeldiev ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!