
Nazorat uchrashuvidagi avtogol "Bunyodkor"ga qimmatga tushdi
Bugun “Bunyodkor” klubi “Lokomotiv”ga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi, bu haqida “qaldirg‘ochlar” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu bahsda har ikkala taraf ham ko‘rikdagi futbolchilarning xizmatidan foydalandi. O‘yin taqdirini esa birinchi bo‘limdagi yagona gol hal qildi.
Mehmonlarning qarshi hujumlaridan birida “Bunyodkor”ning tojikistonlik legioneri Davron Ergashev kutilmaganda va tushunarsiz vaziyatda o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Qolgan daqiqalarda “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilaridan iborat yosh futbolchilar “temiryo‘lchilar” darvozasi oldida golga tortadigan etarlicha xavfli vaziyatlarni yarata olgan bo‘lsa-da, bu hujumlar gol bilan yakunlangani yo‘q. Aniqrog‘i, mehmonlar posboni ajoyib harakatlari bilan raqibni muqarrar gollardan qutqarib qoldi.
Fikrlar