
"Neftchi" - "Buxoro" o‘yini uchun chiptalar qanchadan sotilmoqda?
Xabaringiz bor, 27 sentyabr soat 19:00 da O‘zbekiston Superligasi 20-tur doirasida "Neftchi" jamoasi Buxoroning "Buxoro" klubini qabul qiladi. Qiziqarli va shiddatli ruhda kechadigan mazkur uchrashuvga chiptalar sotuvi boshlandi, chiptalar faqat stadionning maxsus kassalarida 20000-30000 va ikki markaziy sektor 40000 so‘mdan belgilangan narxlarda sotiladi.
Stadion ma’muriyati murojatnomasiga binoan, futbol bellashuviga stadionning maxsus kassalaridan tashqari harid qilingan qalbaki chiptalar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi va qalbaki chipta bilan stadion hududiga kirishga uringan shaxslarga nisbatan qonun doirasida choralar ko‘rilishi bo‘yicha muxlislarni ogohlantiradi.
Chipta sotib olgan tomoshabinlar bir-birlarini chinakam hurmat qilishlari va futbol bahsini chiptada ko‘rsatilgan joyda o‘tirib, tomosha qilishlarini iltimos qilamiz, - deya xabar bermoqda "Neftchi" matbuot xizmati.
Fikrlar