"Neftchi" Antaliyada "Rubin" klubini mag‘lub etdi

  • 9 fevral, 18:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" klubi bugun Antaliya yig‘ini doirasida Rossiyaning "Rubin" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

"Rubin" yaqinda "Surxon" bilan nazorat bahsida bellashgan bo‘lib, unda 2:2 hisobi qayd etilgandi. Bu safar esa "Neftchi" Rashid Rahimov shogidlarini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvdagi yagona gol birinchi bo‘lim oxirlarida Toma Tabatadze tomonidan kiritildi.

"Neftchi"ning asosiy tarkibi: Eldor Suyunov, Muhsin Ubaydullaev, Anvar G‘ofurov, Farruh Sayfiev, Abror Ismoyilov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Bilolxon Toshmirzaev, Jamshid Iskanderov, Ikrom Aliboev, Toma Tabatadze, Vladimir Yovovich.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Botirali Ergashev, Quvondiq Ro‘ziev, Shoxruh Gadoev, Jamshid Boltaboev, G‘ulomhaydar G‘ulomov, Zoran Marushich, Muhammadali G‘iyosov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!