"Neftchi" bugun RPL klubiga qarshi maydonga tushadi

  • 16 fevral, 2023, 10:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga Turkiyadagi tayyorgarlik jarayonini yakunlash arafasida "Neftchi" jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida Rossiyaning Samara shahri vakili "Krilya Sovetov" klubi bilan bahslashadi.

Tecno

Mazkur klub sobiq Sovet Ittifoqi davrida 1942 yilda tuzilgan bo‘lib, uy uchrashuvlarini 42 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadionda o‘tkazadi.

Jamoa katta futbolga 1945 yilda qadam bosgan, hozirgi kunda Rossiya Premer ligasida qatnashayotgan samaraliklar turnir jadvalida 11-o‘rinni band etib turishibdi.

Milliy chempionat doirasida erishgan natijalari quyidagicha: 2003/2004 yillarda bronza, 2017/2018 yillarda kumush medallarini qo‘lga kiritgan. Shu bilan birga 2003/2004 va 2020/2021 yillarda Rossiya Kubogi finalida ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv bugun soat 13:00da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!