"Neftchi" futbolchisiga xaridorlar bor

  • 28 noyabr, 2024, 13:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Farg‘onaning “Neftchi” klubida to‘p surayotgan 24 yoshli iqtidorli himoyachi Jaloliddin Jumaboev kelasi mavsumda jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda. Boisi, bizga etib kelgan ma’lumotlarga qaraganda, ushbu futbolchini o‘z safida ko‘rishni istayotgan klublar orasida OKMK, “Navbahor”, “Dinamo”, “Qizilqum” kabi jamoalar borligi aytilmoqda.

Tecno

Ma’lumot uchun, Jumaboev bungacha 2019 yildan 2023 yilgacha “Lokomotiv” sharafini munosib himoya qilgan. Joriy mavsum avvalida esa “Neftchi”ga ko‘chib o‘tgan. Lekin bu yil unga kam imkoniyat berildi. Natijada Superliga va O‘zbekiston Kubogida 2 tadan o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchining farg‘onaliklar bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etmoqda. Voqealar rivojini esa kuzatishda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!