
"Neftchi" o‘z tarkibiga legioner yarim himoyachi qo‘shib oldi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Neftchi" o‘z tarkibiga legioner qo‘shib oldi.
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Yuriy Batyushin farg‘onaliklar tarkibiga kelib qo‘shildi. U 1992 yilda Ukrainaning Alchevsk shahrida tavallud topgan. Katta futbolga 2011 yilda qadam qo‘ygan futbolchi debyut o‘yinini "Stal" jamoasidan boshladi.
Keyinchalik 2015 yilda Ukrainaning boshqa bir jamoasi "Nikolaev"ga ko‘chib o‘tadi. U erda ikki yil o‘ynagach, 2017 yilga kelib mamlakatning "Gornyak-Sport" klubida faoliyatini davom ettiradi. 2021 yilda Yuriy Batyushin "Metallist-1925" futbol klubi bilan shartnoma imzolab, 15 ta uchrashuvda maydonga tushib 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
"Neftchi"ga kelishidan oldin o‘tgan mavsumda Gruziyaning "Dila" Gori jamoasida to‘p tepdi. Ayni paytda yarim himoyachining "Transfermarkt" portalidagi narxi 250 ming evroni tashkil qiladi.
"Neftchi" klubi matbuot xizmati
Fikrlar