"Neftchi" "So‘g‘diyona" maydonida qachon g‘alaba qozongan?

  • 17.03.2023 16:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jizzaxning "So‘g‘diyona" futbol klubi 1970 yilda tashkil topgan bo‘lib, avvaliga "Jizzax", "Irrigator", "Bo‘ston", "Zvezda", "Yoshlik" kabi brendlar ostida harakat qilgan. 1990 yildan boshlab esa jamoa "So‘g‘diyona" nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘zbekiston chempionatlari doirasida "So‘g‘diyona" hamda "Neftchi" klublari o‘zaro 50 marta to‘qnash kelishgan. Mazkur uchrashuvlarda  «Neftchi» 28 marta, «So‘g‘diyona» esa 11 bor g‘alaba qozongan. Qolgan 11 ta  o‘yinda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 93/42  farg‘onaliklar  foydasiga. Ushbu qarama-qarshilikda "Neftchi"ning eng yirik g‘alabasi 7:0,  "So‘g‘diyona"da esa eng yirik g‘alaba  3:0 bilan yakun topgan.

Jizzaxda  bo‘lib o‘tgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha

14.09.2022

“So‘g‘diyona”—"Neftchi"  0:0

02.10.2018

“So‘g‘diyona”—“Neftchi” 3-0

10.03.2018

“So‘g‘diyona”—“Neftchi” 0-0

22.04.2017

"So‘g‘diyona"—"Neftchi"  0:1

26.08.2016

"So‘g‘diyona"—"Neftchi"  1:0

“So‘g‘diyona” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Neftchi
17/03/2023 21:48
Sugdiyona 0-3 Neftchi