“Neftchi” yana “Navbahor”dan oldinda…

  • 2 sentabr, 2023, 16:11
  • 4
  • Futbol

25-31 avgust kunlari Superligada 18-tur bahslari o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.

Ushbu turda bir qator qiziqarli o‘yinlar, o‘ziga xos qarama-qarshiliklar kuzatildi.

“Olimpik” Toshkentda “Turon”ni taslim etdi. “Buxoro” oxirgi daqiqada gol urib, g‘alabani ilib ketdi. Superkubokda zafar quchgan “Nasaf” Superliga doirasida “Surxon”dan 3 ochko oldi. “Paxtakor” Navoiydan muhim g‘alaba bilan qaytishni uddaladi. “Navbahor” yana bir grandni enda olmadi. Bu gal “lochinlar” olmaliqliklar bilan murosa ko‘chasini tanladi.

IMG_0322

“Metallurg” o‘z maydonida raqib kim bo‘lishidan qati’y nazar unga qarshilik ko‘rsatmoqda, xatto zafar quchyapti. Bekobodliklar “So‘g‘diyona”ni ortga quruq qo‘l bilan qaytarib yuborishdi. “Neftchi” esa “Navbahor” qoqilganidan foydalana olmadi. Vodiy derbisida nursiz durang qayd etildi.

Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasi bilan tanishtiramiz.

18-turda stadionlarimizga jami 35759 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir bellashuvga o‘rtacha 5108ni tashkil qiladi.

Eng ko‘p muxlis Farg‘onada. “Neftchi” - “Andijon” o‘rtasidagi o‘yinni 19316 tomoshabin arenadan kuzatdi. Bu o‘yinning ahamiyati ancha yuqori edi. Chunki farg‘onaliklarning asosiy raqobatchisi “Navbahor” o‘z uyida ochko yo‘qotgandi. Shu bois stadionga ko‘plab muxlislar kelgandi…

50

“Navbahor” - OKMK o‘rtasidagi turning markaziy uchrashuvlaridan biriga 7582 ishqiboz tashrif buyurdi. Garchi namanganliklarning oxirgi paytlardagi natijalari ko‘ngildagidek bo‘lmasa-da, ahamiyati baland edi. Samvel Babaya shogirdlari g‘alaba qozonsa, “Paxtakor”ga biroz yaqinlashib olardi…

Eng kam tomoshabin poytaxtda. “Olimpik”ning “Turon”ga qarshi uchrashuvini 561 kishi stadiondan kuzatdi xolos.

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):

“Neftchi” - “Andijon” 0:0. 19316 tomoshabin

“Navbahor” - OKMK 0:0. 7582 tomoshabin

“Qizilqum” - “Paxtakor” 2:3. 3428 tomoshabin

“Metallurg” - “So‘g‘diyona” 3:1. 2225 tomoshabin

“Bunyodkor” - “Buxoro” 1:2. 1624 tomoshabin

“Surxon” - “Nasaf” 1:2. 1023 tomoshabin

“Olimpik” - “Turon” 2:0. 561 tomoshabin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
chorvoq
02/09/2023 16:18
Нима мано сарлавхада, Нефтчи яна Навбахорни ортда қолдирди. Мавсум рекордини Наманганда ўрнатиб қўйилдику, уни ўзгартириб бўлмайди энди
&
Mikoh
02/09/2023 05:20
Қойил 35 000 махлисни 20 000 минги Фарғонада яъни 57%. Аммо Нефтчини синдиришияпти. Агар мақсадларига эришишса 15 000 мухлис ташриф буюради бутун турга бу хар бир ўйинга 2 000 дан деган. Крикетни яхши кўрадиган Ҳиндистонда ҳам бундан кўп кирса керак.
&
Beks0611
01/09/2023 17:55
Yarimidan ko‘pi'farg‘onaga kiripti muxlislarni qoyil
&
Алим Ахмедов
02/09/2023 16:33
Стадионни ярми анжанликлар