
Nega Aleksandr Usikni to‘xtatib bo‘lmayapti? Teddi Atlas javob berdi
Amerikalik taniqli murabbiy Teddi Atlas og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik va britaniyalik Tayson Fyuri o‘rtasidagi bo‘lajak revansh haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“O‘ylaymanki, bu bahsda ham Usik g‘alaba qozonadi. U har doim yutuq yo‘lini topa oladi. Chunki bu Aleksandrning DNK sida bor. G‘alabalari ham tasodif emas” — dedi Atlas You Tube dagi kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Usik va Fyuri 22 dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘zaro jang o‘tkazadi.
Fikrlar