Nega “Real” Rodrini sotib olmagani ma'lum bo‘ldi

  • 16.07.2026 15:02
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri yaqin vaqtlarda «Real» tarkibiga qo‘shilmaydi. Madrid klubi uning transferi variantlarini ko‘rib chiqqan, ammo oxir-oqibat bu g‘oyadan voz kechgan. Jurnalist Migel Serranoning ma’lum qilishicha, qarorga asosiy sabab tibbiy xavotirlar bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Real» rahbariyati Rodrining sog‘ligi bilan bog‘liq tavakkalardan qo‘rqgan. Futbolchi 30 yoshga kirgan, u oldin ham tizzasidan bir necha jiddiy jarohat olgan. Shu bois madridliklar uning kelajakdagi jismoniy holatiga to‘liq ishonch hosil qila olmagan.

Shu bilan birga moliyaviy tomon ham hal qiluvchi omil bo‘ldi. «Real» Rodri uchun 50 million yevro atrofida to‘lovni ma’qul deb hisoblagan. Biroq «Manchester Siti» o‘z yetakchisini 70–80 million yevrodan kamga qo‘yib yuborishni istamayapti. Madrid klubi bu narxni uning yoshi va jarohatlar tarixi fonunda yuqori, deb baholagan.

Natijada tibbiy xavflar va transfer narxining yuqoriligi birlashib, «Real»ni Rodrini sotib olish rejasidan butunlay voz kechishga olib keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!