Ne’matillo Quttiboev: "Andijon" kombinatsion o‘yin ko‘rsatdi"

  • 16 iyul, 2024, 23:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘rtoqlik uchrashuvi doirasida bo‘lib o‘tgan “Andijon” – “Aral” (5:0) o‘yinidan so‘ng nukusliklar bosh murabbiyi Ne’matillo Quttiboev “Andijon” matbuot xizmatiga quyidagicha fikrlarini aytdi:

Tecno

- Biz hozir “nagruzka”da ishlayapmiz. O‘yinga kelsak, o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. “Andijon” esa vaziyatlarini golga aylantirdi. Natija esa 5:0.

- Qishda ham “Andijon”ga qarshi nazorat o‘yinida o‘ynagangdinglar. Qanday farqi sezildi?

- Hech qanaqa farq ko‘rmadim. Lekin bilishimcha, u paytda “Andijon”ni asosiy tarkibida ko‘p o‘yinchilari maydonga tushmagandi. Bugungi bahsga kelsak, jamoa kombinatsion futbol ko‘rsatdi. Biz aralash tarkibda o‘ynadik. Aytganimdek, futbolchilarga “nagruzka” beryapmiz. Shu bois bizga qiyin bo‘ldi.

- Tarkibda qanday o‘zgarishlar bo‘lyapti?

-  Katta o‘zgarishlar yo‘q. Bir-ikkita o‘yinchi yuribdi, shularni sinovdan o‘tkazyapmiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!