Neymar alamiga chidolmay yig‘lab yubordi, muxlislar undan yuz o‘girdi

  • 18 avgust, 09:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya chempionatining 20-turida g‘alati voqea yuz berdi. Neymar o‘ynayotgan “Santos” bu turda o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Vasko da Gama”ni qabul qildi. Raqib jamoada mashxur yulduzlardan Filipe Koutino to‘p tepdi.

Tecno

Uchrashuv mehmonlarning 6:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bu natija Neymarga qattiq ta’sir qildi. 33 yoshli yulduz o‘yindan keyin xo‘ngrab yig‘lab yubordi. Jamoadoshlarining yupatishi ham foyda bermadi. Neymar ko‘zlarida yosh bilan maydonni oxirgi bo‘lib tark etdi.

“Santos” muxlislari esa, tribunada maydonga teskari holda turib oldi. Shu tariqa, ular jamoaga va xususan, Neymarga noroziliklarini ko‘rsatishdi. Ularning aksariyatida Neymar nomi va raqami tushirilgan futbolkalar bor edi.

20-turdan “Santos” atigi 21 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 15-pog‘onaga tushib qoldi. Jamoani xavfli hududdan atigi ikki ochko ajratib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!