Neymar Braziliyaga chaqirilmaydi

  • 30.10.2024 18:33
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Al-Hilol” futbolchisi Neymar Junior Braziliya terma jamoasining noyabr oyidagi eg‘inini o‘tkazib yuboradi. Bu haqida Globo nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lum qilishicha, Neymar terma jamoa murabbiylari bilan kelishgan holatda, yaxshi sport forma to‘plash uchun Braziliyaning keyingi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, 32-yoshli vinger o‘tgan yili xochsimon paylaridan jarohat olib, deyarli 1 yil maydonga tusha olmagan edi. U 21 oktyabr kuni klub safiga qaytgandi.

Noyabr oyida 5 karra jahon chempionlari Venesuela va Urugvayga qarshi to‘p tepishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!