Neymar: Ey, Anchelotti, bizga yordam ber!

  • 21 dekabr, 10:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Santos” klubi hujumchisi Neymar Braziliya milliy terma jamoasining eng yuqori maqsadlarini ochiq-oydin bayon etib, shov-shuvli bayonot berdi.

Tecno

- Biz jahon kubogini Braziliyaga olib kelish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz, hatto imkoni bo‘lmaganini ham. Iyul oyida bu so‘zlarim uchun mendan javob so‘rashingiz mumkin.

Ey, Anchelotti, bizga yordam ber!, - dedi Neymar.

Joriy mavsumda Neymar «Santos» safida barcha musobaqalarda 28 ta uchrashuv o‘tkazib, 11 ta gol va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Hujumchining ayni paytda yakunlanayotgan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha “Santos” mutasaddilari bilan muzokara o‘tkazmoqda. Transfermarkt portali taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozordagi qiymati 10 million evroni tashkil etadi.

Braziliya terma jamoasini yozdan beri boshqarayotgan Karlo Anchelotti hali Neymarning jahon chempionatiga borishini kafolatlagani yo‘q. Italiyalik mutaxassis mundial oldidan qaysi futbolchi yuqori sport formasida bo‘lsa, ana o‘shalarni terma jamoaga jalb qilishini aytib o‘tgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!